Get Mystery Box with random crypto!

#fuqarolikhuquqi Savol: Suv quvurlarini qoʻshnimning uyi orq | "Yosh yuristlar" jamoat birlashmasi

#fuqarolikhuquqi

Savol: Suv quvurlarini qoʻshnimning uyi orqaligina olib kirish mumkin. Lekin qoʻshnim bunga qarshi. Ushbu masala yuzasidan qonunchilikda qanday tartib mavjud?

Javob: Ushbu holatda fuqaro servitut huquqidan foydalanishi mumkin.

Servitut huquqi bu - ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi.

Qanday hollarda servitut huquqidan foydalanish mumkin:

O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash,
elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish,
suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun


Servitutni belgilash xususida kelisha olinmasa yoki uning shartlarida murosaga kelinmasa, bahs servitut belgilashni talab qilayotgan shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan hal etiladi.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 173-modda.

Muallif: Sevinch Muradullayeva

Bizni kuzatishda davom eting
https://t.me/yoshyuristlar

Murojaat uchun: @onlinemaslahatxonabot