Get Mystery Box with random crypto!

Hackathon TEAM 2022 Grantlariga qabul davom etmoqda! Hack | Yosh Tadbirkor

Hackathon TEAM 2022 Grantlariga qabul davom etmoqda!

Hackathon TEAM - bu biznes/startap g'oyasini yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish bo'yicha 26 soatlik marafon. 3-4 kishidan iborat har bir jamoa belgilangan vaqt ichida noldan mahsulotni ishlab chiqishi kerak.

| Hackathon TEAM 2022 g‘oliblari (g‘olib jamoalarning har bir a’zosi) TEAM Universitetida o‘qish uchun mos ravishda 10 000 000 so‘m, 7 000 000 so‘m va 5 000 000 so‘m miqdorida grantlarga ega bo‘ladi.

Hackathon TEAM 2022 da ishtirok etish uchun shartlari:
Ro‘yxatdan o‘tish va formasini to‘ldirish;
Nomzodlar IELTS umumiy kamida 5,5 yoki ekvivalenti (Duolingo 90, TOEFL 72) yoki TEAM English Entry Exam ballga (40%) ega boʻlishi kerak.

Marafon sanasi: 2022-yil, 8-9-sentabr.

Oʻtkazilish joyi: TEAM Universiteti Kampusi (lokatsiya).

Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 5-sentabrgacha davom etadi.

Hackathon TEAM 2022 ga shu yerda roʻyxatdan oʻting.