Get Mystery Box with random crypto!

'Startap tashabbuslari' dasturining 5-davri yakuni bo'yicha 40 | Yosh Tadbirkor

"Startap tashabbuslari" dasturining 5-davri yakuni bo'yicha 40 ta startap loyihalariga 50 million so'mdan sarmoya ajratildi.

Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida loyihaning final bosqichi bo'lib o'tdi.
Bunga qadar loyiha doirasida jami 905ta ariza kelib tushgan bo'lib, ulardan 601tasi ekspertlar tomonidan tanlab olinib, intervyuga tavsiya etilgan. Suhbat natijalariga ko'ra, Respublika bo'ylab 247ta jamoa ta'lim dasturida qatnashish imkonini qo'lga kiritdi. O'quv jarayonlari yakunida 92ta jamoa dasturning final bosqichiga muvaffaqiyatli o'tgan va o'z loyihalari taqdimotini onlayn tarzda namoyish etishgan.

Ekspertlar ularning ichidan eng istiqbolli 40 nafarini g'olib sifatida tanlab olishdi. G'oliblarning har biriga 50 million so'mdan pul mukofotini qo'lga kiritishdi.

Telegram | Instagram | Web-site