Get Mystery Box with random crypto!

#Tanishing Joriy yilning 30-iyun kuni Yoshlar ittifoqi tizimi | Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi

#Tanishing

Joriy yilning 30-iyun kuni Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qo‘shgan hissasi, tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoiyligi uchun Respublika miqyosida 14 nafar eng munosib yoshlarga imtiyozli tavsiyanomalar taqdim etilgan edi.

Mazkur imtiyozli tavsiyanomaga Xorazm viloyatidan Urganch shahridagi 29-sonli umumiy oʻrta talim maktabining 11-sinf bitiruvchisi, Xorazm viloyati Sardorlar Kengashi “Madaniyat” yoʻnalishi sardori Sobirova Surayyo Marks qizi munosib ko'rildi.

Surayyo Sobirova - 2004-yil 5-sentabrda Urganch shahrida tug'ilgan. 2017-2022-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashining Sardorlar Kengashi tizimida ta’lim muassasasi, shahar, viloyat kesimida sardorlik qilgan.

Mazkur imtiyozli tavsiyanoma bilan Surayyo Sobirova viloyatdagi pedagogika yo'nalishi mavjud Oliy ta'lim muassasalaridan birini tanlab, Oliy ta'limga kirish imtihonlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Telegram sahifamiz
@yoshlarittifoqixorazm