Get Mystery Box with random crypto!

#Diqqat #Dangasalik Tan olaylik hammamizda biroz dangasalik | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Diqqat #Dangasalik

Tan olaylik hammamizda biroz dangasalik bor, to‘g‘rimi?

Yaxshi ishlarni dushanbadan boshlash odat tusiga aylangan. Ilk ikki kun shiddatli kechadi, chorshanbaga borib esa, tashabbus o‘rnini dangasalik egallaydi. Natijada mashg‘ulotni davom ettirish keyinga qoldiriladi.

Yaponlar buni «mikka bouzu» - «uch kunlik ruhoniy» (so‘zma-so‘z “uch kun ham sabr qila olmaydi”) deb atashadi. Biz o‘zimiz istamagan va bizga qizig‘i bo‘lmagan ishni bajarishga erinamiz.

Qisqasi, kimda xohish bo‘lsa, maqsadga erishish yo‘llarini qidiradi. Qolganlar esa o‘zini oqlash uchun sabab izlaydi. Kundalik rejimingizni shunday tashkil qilingki, barcha yangi jarayonlar hayotingizda oson va tabiiy kechsin. Navbatdagi dushanbani kutishga hojat yo‘q.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook