Get Mystery Box with random crypto!

#QVZ #YoshlarIttifoqi O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar ass | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#QVZ #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va boshqa bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi PREMYER ligasi 1-mavsumining yarim final bosqich bellashuvlari yakunlandi.

Unda:

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash Milliy tadqiqot universiteti “Targ‘ibot” jamoasi,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Duv-duv gap” jamoasi,
Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi “Fayrmens” jamoasi,
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Jizzax siti” jamoasi,
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Maroqandlik bojalar” jamoasi,
Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Artilleriya” jamoalari muvaffaqiyatli chiqishlari bilan FINALga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Final o‘yini 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Kirish istagida bo‘lgan yoshlarni “ZO‘R TV” telekanalining 3-pavilioniga soat 17:30 da taklif etamiz.

+998935470909

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook