Get Mystery Box with random crypto!

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida “Besh tashabbus olimpiadas | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari o‘tkazildi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanining “Do‘stlik” mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Streetball”, “Street workout”, “Shaxmat-shashka” va “Stol tennis” musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Yangibozor tumani hokimi hamda barcha sektor rahbarlari ishtirok etdi. Eng qizig‘i shunda bo‘ldiki, 5-sinf o‘quvchisi Mohichehra tuman hokimini shaxmat o‘ynashga taklif qildi va shu zahotiyoq taklif qabul qilinib o‘zaro musobaqa boshlanib ketdi. Bu bahs barcha yoshlarga juda katta motivatsiya berdi.

@yoshlarovozi