Get Mystery Box with random crypto!

YOSHLARGA IMKONIYATLAR

Telegram kanalining logotibi yoshlarga_imkoniyatlar — YOSHLARGA IMKONIYATLAR Y
Telegram kanalining logotibi yoshlarga_imkoniyatlar — YOSHLARGA IMKONIYATLAR
Kanal manzili: @yoshlarga_imkoniyatlar
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.96K
Kanalning ta’rifi

🔸 Tanlovlar
🔸 Mahalliy va Xorijiy musobaqalar
🔸 Grantlar va Stipendiyalar
🔸 Ish o'rinlari
💡 Biz sizni kashf etamiz!

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-27 21:48:30 Mandat e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@YOSHLARGA_IMKONIYATLAR
Tanlov Grantlar Imtiyozlar Stependiyalar
1.1K views18:48
Ochish/sharhlash
2022-08-27 12:49:10 #bepul_kurslar #repost



Dunyo bo'ylab xalqaro universitetlar va platformalardan bepul onlayn kurslar ro'yxati (1-qism).

1) Buyuk Britaniya OPEN Universityning bepul sertifikatlar taqdim etuvchi onlayn kurslari (1000 ta kurs) - https://cutt.ly/nhatdx8
2) Google onlayn kurslari, ba'zi kurslar uchun bepul sertifikatlar mavjud. Google hozirda 126 ta kursni taklif etadi - https://cutt.ly/Uhatv42
3) Britaniya Kengashining onlayn kurslari, 22 ta til kurslari taqdim etiladi - https://cutt.ly/JhatQ2F
4) UNICEF tomonidan sertifikatlar beruvchi bepul kurslar (140 kurs) - https://cutt.ly/6hatOke
5) JSST tomonidan tasdiqlangan bepul onlayn kurslar (100 ta kurs) sertifikatlari bilan - https://openwho.org/
6) Garvard universitetidan bepul onlayn kurslar (405 kurs) - https://online-learning.harvard.edu/catalog
7) MIT (Massachusetts Institute of Technology) butun dunyo bo'ylab talabalar uchun bepul onlayn kurslarni hech qanday to'lovsiz taklif qiladi: https://bit.ly/3H3P4uF
8) Dunyodagi eng yaxshi 10 ta universitet qatoriga kiruvchi Kaliforniya universitetidan bepul onlayn kurslar: https://bit.ly/3uPtRzd
9) Osiyo Taraqqiyot Banki Institutining bepul sertifikatlari bilan bepul onlayn kurslari: https://en.getforsa.com/?p=663
10) Buyuk Britaniya Imperial kolleji bepul onlayn kurslari : https://bit.ly/3FOdRld

Ushbu kurslarning afzalliklari:
• Hamma uchun bepul
• Istalgan vaqtda o'qish mumkin
• Bepul sertifikatlar taqdim etiladi
• Muddati chegaralanmagan
• Kurslarga qo'shilish oson

@YOSHLARGA_IMKONIYATLAR
Tanlov Grantlar Imtiyozlar
Stependiyalar
1.6K views09:49
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:10:13 “Jadidlar” to‘plamining (8 nafar adibga bag‘ishlangan) pdf shaklidagi elektron varianti.

Aziz yoshlar, yozgi ta’til kunlarini besamar o‘tkazmang. Ushbu kitoblar Siz uchun ayni muddao!

@YOSHLARGA_IMKONIYATLAR
Tanlov Grantlar Imtiyozlar Stependiyalar
1.5K viewsedited  06:10
Ochish/sharhlash
2022-08-27 04:28:19
Nimani yosh tadbirkorlar o’sish deb bilmasliklari kerak;

- Konkurslarda g’olib bo'lishni
- Konferensiyalarda qatnashishni
- Ko'p maslahatchilarga ega bo'lishni
- Matbuotda ko’p chiqishni
- Forbes 30 yoshdan yosh 30 odamga kirishni
- Turli networking tadbirlarida qatnashishni
- Twitterda faol bo’lishni
- Mashhur odamlar bilan uchrashishni
- Muhim emas metrikalar ustida ishlashni

(с) Adora Cheung, YCombinator.


p/s: Ushbu iqtibos barcha yoshlar uchun emas Yosh tadbirkorlar uchun.

@Samandar_Hamidovich
840 views01:28
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:35:28
#Bilasizmi

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (300 ming so'm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (150 ming so'mdan) oshmasligi lozim;

ijara to'lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;

OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to'lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

huquqiyaxborot_lotin

@YOSHLARGA_IMKONIYATLAR
Tanlov Grantlar Imtiyozlar Stependiyalar
1.2K views14:35
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:53:55
#tafakkur

Videoni ko'ring va hulosa qiling!


Siz kanalimzdagi sizga mafaadli postlarni yaqinlaringizga ulashyabsizmi.??
Yaqinlaringizni kanalfa taklif qildingizmi?


Bizning manzil o'sha-o'sha

@YOSHLARGA_IMKONIYATLAR
Tanlov Grantlar Imtiyozlar Stependiyalar
1.0K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash
2022-08-26 09:58:56 #tanlov #Imkoniyat

”Zakovat”ga savol yo‘llang va 100 mln so‘m qo‘lga kiriting!

2022-yilgi mavsumda savol yo‘llagan hamda bilimdonlar ustidan g‘alaba qozongan teletomoshabinlar quyidagicha rag‘batlantirilmoqda:

Barcha o‘yinlarda (yil finalidan tashqari):

1-ochko uchun — 1 mln so‘m;
2-ochko uchun — 2 mln so‘m;
3-ochko uchun — 3 mln so‘m;
4-ochko uchun — 4 mln so‘m;
5-ochko uchun — 5 mln so‘m;
6-ochko uchun — 6 mln so‘m.

Oddiy o‘yinlardagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 5 mln so‘m.

Mavsum finallaridagi eng yaxshi savol muallifi uchun — 25 mln so‘m.

Agar savolingiz yil finalida eng yaxshi savol deb topilsa, unda 100 mln so‘m pul mukofoti beriladi.

Savol yo’llaganda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:

1. Savol matni;
2. Javob matni (ko‘pchilik negadir javobini ko‘rsatmaydi);
3. Savol manbasi (qaysi kitob yoki qaysi manbadan olingani aniq ko‘rsatilishi shart);
4. Agar bo‘lsa, savolga zarur bo‘lgan qo‘shimcha atributlar (foto, video yoki boshqa predmetlar);
5. Savol muallifining ism-familiyasi va qisqacha ma’lumot;
6. Muallifning yashash manzili;
7. Muallifning telefon raqami;
8. Muallifning fotosurati.

Savollaringizni quyidagi 2 xil usulda yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sayid Baraka ko‘chasi, 21-uy manziliga xat yuborish orqali;

savol@zakovat.tv elektron manziliga internet orqali.

“Zakovat” intellektual ko‘rsatuviga savol yo‘llab, katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin.

@YOSHLARGA_IMKONIYATLAR
Tanlov Grantlar Imtiyozlar Stependiyalar
1.4K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash