Get Mystery Box with random crypto!

#Aldanma_abuturent Har kuzda ham shu boʻlar takror Avgust | YOSHLARGA IMKONIYATLAR

#Aldanma_abuturent

Har kuzda ham shu boʻlar takror

Avgust oyida davlat Oliy taʼlim muassasalariga qabul yakuniga yetganidan keyin, abituriyentlarning katta qismiga talabalik "baxti" nasib etmaydi.
Shu vaqtda turli "konsalting firmalar" va uddaburon shaxslar sizga imtihonlarsiz ta'lim,xorijda taʼlim, nodavlat universitetlarda taʼlim
kabi "beg'araz" takliflarini aytishadi.

Bunda siz jiddiy e'tibor berishingiz kerak boʻlgan ayrim jihatlarni aytib o'tmoqchiman;
- Konsalting firma davlat roʻyxatidan o'tganmi?
- Sizga taklif qilgan Universitet bilan konsalting firmani yuridik shartnomasi bormi?
- Konsalting firma hizmatidan foydalib talaba boʻlgan yoshlar bilan bog'laning,
- Sizga "beg'araz" yordami uchun beradigan toʻlovingiz shartnoma asosidami?
- Agar xususiy Oliy taʼlim muassasalari bo'lsa litsenziyaga egami(yuqorida rasmda)
.Xorijdagi OTMchi?

Qissadan hissa;
Xususiy OTMlarga mustaqil hujjat topshirib ham talaba boʻlishingiz mumkin.(rasmdagi OTMlarni Googleda topasiz)

@Samandar_Hamidovich