Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur Ey o'qishdan yiqilgan ukam! O'qishdan yiqilish | YOSHLARGA IMKONIYATLAR

#tafakkur

Ey o'qishdan yiqilgan ukam!
O'qishdan yiqilish aslo fojea emas.
Agar o'qishdan yiqilganing uchun noliyotgan bo'lsang;
- Musulmon bo'lib dunyoga keltirgani,
- Shuncha bilimlarni bergani,
- Sog'-salomat qilgani,
- Ota-onangga ta'lim olishing uchun imkoniyatlarni ato etgani uchun Allohga hamd ayt!

Abituriyentlik bu umrbodlik "tamg'a" emas.Agar Alloh bir narsani ravo ko'madimi, demak undanda yaxshisi kutmoqda.

Ey talaba ukam Universitetga kirishni aslo katta muvaffaqiyat sanama!
Agar talabalik davringda ham abituriyentlik vaqtingdagidek jiddu-jaht bilan bilim egallasang;
- Xorijiy davlatlarning top universitetlarida o'qish,
- Yuqori lavozimlarda ishlash,
- Turli tanlovlarda yutish,
- Ajoyib jamoa yaratish,
- Moliyaviy mustaqil bo'lish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasan!

Talabalikning 4 fasli juda tez o'tadi. Quruq hom xayollar bilan emas, aniq natija uchun ishla.
Diploming bilan emas, biliming bilan ish topasan!

Ikkala do'stim aslo unutma!
- Maqsading aniq va juda ulkan boʻlsin!
- Bilimingga harakat qo'shganingdagina natija olasan!
- Ota-onang qiynalib sening porloq kelajaging uchun berayotgan pullarni qadriga yet! Ularni duosi ol!

@Samandar_Hamidovich