Get Mystery Box with random crypto!

Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar koʻpayishda davom etmoq | Oʻzbekiston yoshlari forumi

Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar koʻpayishda davom etmoqda #repost

Bundan roppa-rosa bir oy oldin “Wiki-stipendiya” marafoniga start bergandik. Bir oy davomida Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar boʻyicha katta oʻsish kuzatilgan: maqolalar soni 5 932 taga, faol foydalanuvchilar soni 343 taga, umumiy tahrirlar soni esa 78 989 taga oshgan.

Shuningek, marafon may oyining ikkinchi yarmida boshlangan boʻlishiga qaramay, Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalar boʻyicha aprel oyiga solishtirganda katta oʻzgarishlar kuzatilgan: barcha sahifalarga tashriflar soni 1,36 foizga oshib, 15 millionga yetdi; barcha tahrirlar soni 640,64 foizga oshib, 70 mingga yetdi; tahrir qilingan sahifalar soni esa 398,76 foizga oshib, 18 mingga yetdi.

Loyiha koordinatorlari Mehrinoz Abbosova, Gulbegim Xolmirzayeva, Nodir Ataev, Nikolay Artemev, Jamshid Nurqul va Azizjon Sharipovlarga minnatdorchilik bildiramiz. Juda katta loyiha boshladingiz. Loyihani davomli amalga oshirishda Yoshlar ishlari agentligi jamoasi doim qoʻllab-quvvatlashga tayyor!

Loyihada ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan o‘ting va siz ham Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalarni boyitishda faol bo‘ling. Maqolalarni oʻqish uchun havola.

@alisher_sadullaev