Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi viloyat va tuman (shahar) bo‘lim mas | Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar ishlari agentligi viloyat va tuman (shahar) bo‘lim mas’ullari ishtirokida o‘quv-seminar o‘tkazildi

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da Yoshlar bilan ishlashning kompleks chora-tadbirlarini belgilash, yoshlar siyosatida yangi samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, mahallalarda yoshlar bilan individual ishlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini o‘rganish va natijadorligini oshirish maqsadida joriy yilning 2-4 fevral kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da Agentlikning viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘lim mas’ullari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O’quv-seminar davomida amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlari, bu yildagi yangi loyihalar, yoshlarga yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan har bir yo’nalish mas’ullari tomonidan treninglar, davra suxbatlari va ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Seminar yakunida hududlarda 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tinglandi hamda 2024-yildagi ustuvor rejalari bo‘yicha taqdimotlari bilan tanishildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube