Get Mystery Box with random crypto!

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining hududlard | Yoshlar ishlari agentligi

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining hududlardagi gala-konsertlari bo‘lib o‘tadi!

«O‘zbekiston yoshlari forumi» doirasida 17-18-20-22-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markazlarida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining gala-konsertlari tashkil etiladi.

Tadbir har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad — iqtidorli bolalarning ijodi hamda tashabbuslarini keng ommaga, ayniqsa, bolalar orasida targ‘ib etish, yosh havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishdan iboratdir. Unda yurtimizdagi iqtidorli bolalar o‘z qobiliyatlari doirasida bellashadilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
@yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok