Get Mystery Box with random crypto!

“Zukko kitobxon” intellektual turnirining respublika bosqichi | Yoshlar ishlari agentligi

“Zukko kitobxon” intellektual turnirining respublika bosqichi boshlanmoqda

19-dekabr kuni “Yoshlar daftari” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar uchun “Zukko kitobxon” intellektual turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda hududiy bosqichning 14 ta g‘olib jamoalari qura tashlash yo‘li bilan 2 guruhga bo‘lingan holda yarim-final uchun bahs olib boradilar.

Eng yuqori ball to‘plagan 6 ta jamoa final bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda “O‘tkan kunlar”, “Shum bola”, “Аlpomish”, “Dunyoning ishlari”, “Temur tuzuklari”, “Аlkimyogar” hamda “Chol va dengiz” kabi kitoblar bo‘yicha bellashadi.

1-o‘rinni egallagan jamoa 3 000 ta kitob va 6 ta noutbuk, 2-o‘rinni egallagan jamoa 2 000 ta kitob va 6 ta noutbuk, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa esa 2 000 ta kitob va 6 ta noutbuk bilan taqdirlanadi. Qolgan ishtirokchilarning har biriga Smart watch taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
@yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok