Get Mystery Box with random crypto!

Seminar-treninglar boshlandi Bugun Yoshlar ishlari agentligi | Yoshlar ishlari agentligi

Seminar-treninglar boshlandi

Bugun Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillari uchun hududlarda tashkil etiladigan seminar trenerlarini tayyorlash bo'yicha o'quv seminarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

O‘quv-seminariga oliy ta'lim muassasalarining tajribali-professor o'qituvchilari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyaning faxriy ofitserlaridan iborat 220 nafar trener jamlandi.

O‘quv-seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakilligiga saralab olingan nomzodlar bilan treninglar olib borish, ularga nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi