Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari Toshkent shah | Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar o‘rtasida 2025 yilgi Paraosiyo o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi

Bu haqda 17-noyabr kuni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘mi tegishli qarorni qabul qildi.

"Bir qator kuchli takliflar ko‘rib chiqildi. Lekin g‘olib faqat bitta bo‘lishi mumkin va biz Toshkentni tanladik. Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining birinchi yirik mintaqaviy o‘yinlarini o‘tkazishidan juda mamnunmiz va umid qilamizki, bu mintaqada para-sportni rivojlantirish uchun katalizator bo‘lib xizmat qiladi", — dedi OPQ prezidenti Majid Rashid.

Avvalroq 2025 yilda yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlari ham Toshkentda o‘tkazilishi maʼlum qilingandi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, shu paytgacha hech qaysi davlatda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari ketma-ket o‘tkazilmagan.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi