Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy va qo'shni davlatlardan o'qishini O'zbekistonga ko'chi | YOSHLAR VAKILI

Xorijiy va qo'shni davlatlardan o'qishini O'zbekistonga ko'chirish imtihonlari o'tish ballari e'lon qilindi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri A.Toshqulov rahbarligida bo'lib o'tgan yig'ilishda o'qishni ko'chirish masalasida o'tish baliga to'xtalib o'tildi, yig'ilishda ishtirok etgan Talimgaoid kanali manbasiga ko'ra:

Pedagogik ta'lim yo'nalishlari uchun – o'tgan yilgi to'plash mumkin bo'lgan maksimal 189.0 ballning 35%i (66,15 ball)
Tibbiyot sohasi uchun – 100.0 ball
Yurisprudensiya sohasi uchun – 100.0 ball etib belgilash haqida qarorga kelingan.

Bundan tashqari,
Super kontrakt miqdori:

• 0.1 balldan - 0.9 ballgacha o'tish baliga yetmay qolganida– oddiy kontrakt miqdorining 1,5 barobari
• 1,0 balldan -1,9 ballgacha – 2 barobari
• 2,0 balldan - 2,9 ballgacha – 2,5 barobar
• 3,0 balldan - 4,0 ballgacha – 3 barobar
•4,0 va undan yuqori ballar uchun yo'nalishlarga qarab 10 barobardan 25 barobargacha super kontrakt to'laydilar.

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz