Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Guruhimizda berilayotgan savollarga qisqach | YOSHLAR VAKILI



Assalomu alaykum!

Guruhimizda berilayotgan savollarga qisqacha shaxsiy xulosa:


Bir necha oylar avval aytib oʻtganimdek, MASOFAVIY taʼlim tizimida oʻqiganlar oʻqishini 99% perevod qilolmaydi.


KUNDUZGI shaklda taʼlim olganlar uchun katta ehtimol bilan kirdi-chiqdi pechatlari shart emas.

Chunki Qozogʻiston talabalar uchun chegarani ochmadi.


Qirgʻiziston va Tojikiston talabalar uchun chegarani ochib qoʻyishdi.

Ulardan pechat talab qilinishi mumkin.



Bu mavzular boʻyicha oliy taʼlim vazirligi aniq qaror qabul qilmadi.


Turli xil Telegram kanallar va guruhlar tomonidan tarqatilayotgan asossiz xabarlarga ishonib, xavotirga tushmasligingizni soʻrayman.


Kutib turing, oliy taʼlim vazirligi tez orada oʻzining yakuniy qarorlarini eʼlon qiladi.


Maʼlum muddatli tanaffusdan soʻng Sizga yangiliklar va yengilliklar qidirishni boshladim.


Inshaalloh faqat yaxshi yangiliklar haqida eʼlon qilaman!