Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Rossiyadagi yan | YOSHLAR VAKILI

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Rossiyadagi yana bir universitet bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Xabaringiz bor, O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi TOP-1000 talik ro'yxatiga kiruvchi xalqaro universitetlar bilan memorandum imzolab, hamkorlikni yo'lga qo'yib kelmoqda.

Bugun Assotsiatsiya va Voronej davlat texnika universiteti mas'ullari o'zaro uchrashuv o'tkazdilar. Uchrashuv davomida o'zbekistonlik yoshlarni ushbu universitetda ta'lim olishlari bo'yicha muhokamalar olib borildi. Ikki tomonlama almashilgan memorandum orqali O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Voronej davlat texnika universiteti bilan o'z hamkorligini yo'lga qo'ydi.

Aziz yoshlar, endilikda siz Rossiya Federatsiyassidagi Voronej davlat texnika universitetida o'qishni hohlasangiz, bizga murojaat qiling.

Universitetdagi fakultetlar bilan ushbu havolada tanishing.

Bizga murojaat qilish: +998900610777
Fax. +998712674098
E-mail:info@wayu.uz
Telegram: @wayuuz_murojaat

Bizning kanal: @wayuu