Get Mystery Box with random crypto!

#kitobxon #tavsiya DUNYONING ISHLARI. Ótkir Hoshimov XX | Yoshlar TV | Yoshlar telekanali | Rasmiy kanal

#kitobxon #tavsiya

DUNYONING ISHLARI.
Ótkir Hoshimov

XX asr o‘zbek adabiyotida o‘z о‘rni va uslubiga ega bo’lgan adib - O'zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov, aytish mumkinki, XXI asr o‘quvchisining ham sevimli adibi bo’lib qoladi.
Jonli va hayotiy tasvirlar, sof o'zbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar o’rtasidagi suhbatlar mutolaasi o‘quvchini o‘z ta’siriga oladi. Nafaqat millat, balki chin insoniylik tarannumi yozuvchi asarlarida yetakchilik qilishi kitobxon uchun tarbiyaviy va hayotiy saboq bo’ladi. Xoh jiddiy, xoh hajviy bo’lsin O‘tkir Hoshimov asarlarida hayot qaynaydi: unda har birimiz o‘zimizni, oilamizni, do‘st-u yorimizni, hatto hech kimga o’xshamagan onamizni ko’ramiz...
Bir inson umrini qamragan roman bo’lsin, qator novellalardan iborat qissa yoki hikoya bo’lsin, janridan qat’i nazar, O‘tkir Hoshimov asarlarida dunyoning ishlari mujassam. Mutolaa har qanday o‘quvchi uchun katta hayotiy xulosa berishiga ishonamiz.

Xarid qiling:
https://kitoblardunyosi.uzx/dunyoning-ishlari