Get Mystery Box with random crypto!

​ IKIGAI nima? IKIGAI - Yaponlarning o‘z maqsadlari va o‘zla | QarshiDU Yoshlar Lider Klubi

IKIGAI nima?

IKIGAI - Yaponlarning o‘z maqsadlari va o‘zlariga kerakli bo‘lgan ishni topishda foydalanadigan usul.

Bu haqida ilk marta 2021-yil sentabr oyida MFAKTOR da mehmon bo‘lgan, Shaha Dolimovdan eshitgandim.

Bu usul orqali, hozirgi qilayotgan ishlarimga birinchi qadamlarni tashlaganman desam aslo adashmagan bo‘laman.

Ya'ni, shu usulni mazmunini yaxshilab tushinib, anglab oldim. Amalda o‘zimda sinab ko‘rdim.
Natija yomon emas)

Bu usulda, 4 ta savolga javob topiladi. Bir nuqtada keshishgan javob, asosiy yechim hisoblanadi.

1. Sevgan mashg‘ulotlaringiz nima?
2. Siz nimalarni qila olasiz?
3. Sizga qaysi ishingiz uchun pul berishadi?
4. Dunyoga nima kerak?

Bu usul haqida quyidagi havolalar orqali to‘liqroq ma'lumot olishingiz mumkin:

Matn varianti: https://teletype.in/@stepik/ikigaihaqida

Video varianti:

( 09:00 daqiqasidan boshlab ko‘rish kerak )

Foydali maqolani boshqalarga ham ulashishni unutmang))

@oqilbekuz - eng foydali ma'lumotlar siz uchun