Get Mystery Box with random crypto!

Hammada bir xil shikoyat. Qoyil bizga ham. Asrlar davomida sha | QarshiDU Yoshlar Lider Klubi

Hammada bir xil shikoyat. Qoyil bizga ham. Asrlar davomida shakllanib kelgan shikoyatlarimizni asl holidek saqlab kelyapmiz. Albatta rekonstruksiya qilishni ham unutmayapmiz. Chunki zamon rivojlanyapti. Albatta bizning shikoyatlarimizning ham safi kengayishi kerakku. Bu shikoyatlarga ham albatta atrofdan kimdir aybdor. Axir oʻzimizdan ayb qidirish bizga emas.
Eh odamlar qachon bu botqoqdan qutilamiz ? Bizda borlariga shukrona keltirsakgina botqoqdan sogʻ omon chiqishimiz mumkin. Aks holda nafaqat biz,balki bizdan keyingi avlod ham shu botqoq yashashga majbur boʻladi. Bolalar shikoyatlarni eshitib emas,balki shukronalikni eshitib ulgʻayishlari kerak.
Nafas olyapmiz,oyoqlarimiz yuryapti, zabonimiz bor, har kuni yangidan hayot taqdim etilyapti. Asl baxt,asl shukronalik shunda emasmi ???
#menda_borlariga_alhamdulillah #bizda_borlariga_alhamdulillah

@Lola_Raxmatullayeva