Get Mystery Box with random crypto!

1-kun. I bosqich Bunda hudud bo‘yicha qatnashish istagida bo‘l | Yoshlar Ittifoqi Rishton tumani Kengashi kanali (rasmiy)

1-kun. I bosqich
Bunda hudud bo‘yicha qatnashish istagida bo‘lgan ijodkorlarni ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatga olish ma’lumotnoma ya’ni anketa orqali A4 formatda bo‘ladi va ishtirokchining 5 donagacha ijodiy ishlari qabul qilinadi. Ro‘yxatga olish jarayoni faqat bir kun bo‘lib, o‘sha kunning o‘zida ishtirokchilar orasidan 20 nafar ijodkor saralanib olinadi. Shu kuni saralanib olingan yosh ijodkorlar 2-bosqichga yo‘l olishadi.
2-kun. II bosqich
Saralab olingan 20 nafar ijodkorga 45 daqiqa davomida belgilangan mavzu bo‘yicha ijod mahoratini ko‘rsatish uchun imkon beriladi. Bunda ishtirokchi qaysi yo‘nalishda ijod qilishidan qat’iy nazar (rangtasvir, qalamtasvir, kompozitsiya, dizayn, grafika va bosh.) o‘z ijodini berilgan mavzu orqali namoyon etishi kerak.
Baholash mezoni hay’at a’zolari va kordinatorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Baholashda, asosan, ishtirokchining berilgan mavzu bo‘yicha ijodiy ishning mohiyati, uslubiy o‘ziga xosligi va asarga yondashuvi, yaratilgan asarning yechimi, ijodkor mahorati va rassom tomonidan o‘z asarini himoya qilishi e’tiborga olinadi.
-asar mohiyati va yaratilish jarayoni uchun 5 ball
-ijodkor ijod uslubi, texnika jarayoni va asarga yondashuv uchun 5 ball
-asarning yechimi, ijodkor mahorati va asarni himoya qilib berilishi uchun 10 ball
Jami 20 ballik tizimda baholanadi.

Hududiy yarim finalda 20 nafar ishtirokchilar orasidan 2 nafar eng yaxshi ijodkor saralanib, hududiy final uchun yo‘llanmani qolga kiritadi. Faqat bu 2 nafar ishtirokchi 3-bosqichda, ya’ni jarayonining o‘zida e’lon qilinadi.

III bosqich.
Bunda yarim final g‘olibligini qo‘lga kiritgan 2 nafar ijodkor e’lon qilinib, o‘sha vaqtning o‘zida berilgan mavzu bo‘yicha 45 daqiqa davomida bellashadilar.

Bu bosqichda qatnashgan ishtirokchilar juftligi orasidan eng iqtidorli ijodkor Respublika yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.