Get Mystery Box with random crypto!

#Rasmiy #E'lon #Xushxabar Tibbiyot yo'nalishidagi Oliy ta'lim | O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi

#Rasmiy
#E'lon
#Xushxabar

Tibbiyot yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari va magistrlarining shartnoma to'lov pullari mahalliy byudjet hisobidan to'lab berish bo'yicha taklif ishlab chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan Olmaliq shahri va unga qo'shni tumanlarda istiqomat qiluvchi tibbiyot yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan bitiruvchi kursi va tibbiyot yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasida tahsil oluvchi talabalar Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga murojaat qilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

Tel: 70-61-4-08-44
+99899-858-84-21

Eslatib o'tamiz Olmaliq shahar hokimining Murojaatnomasiga bag'ishlangan sessiyada deputatlar tomonidan mazkur yo'nalish bo'yicha bildirilgan taklif shahar hokimi tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlangan edi.

https://t.me/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy