Get Mystery Box with random crypto!

2-tavsiya: “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning zamonav | Yoshlar daftari

2-tavsiya:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

Miqdori:
BHMning 4 baravarigacha

* Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga zamonaviy kasbni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi:
1. Oila a’zosi “Temir daftar”ga, “Ayollar daftari”ga yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan yosh fuqaro.
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh fuqaro.
3. Boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh fuqaro.
4. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
5. “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro.
6. Ishsiz yosh fuqaro.
7. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yosh fuqaro.

Batafsil ma'lumotlar
@yoshlar_daftari_uz