Get Mystery Box with random crypto!

5-tavsiya: Yoshlarga professional va oliy ta’lim tashkilotlar | Yoshlar daftari

5-tavsiya:

Yoshlarga professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish

Miqdori:
to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravari

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi:
1. Temir daftar”ga kiritilgan oilaning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
4. Mehribonlik” uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba.
5. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlangan o‘quvchi-talaba.
6. Oila boquvchilarining kamida bittasi birinchi guruh yoki har ikkalasi ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oilaning professional yoki OTMda ta’lim olayotgan farzandi.
7. Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
8. Oilasi kam ta’minlangan talaba.

Batafsil ma'lumotlar
@yoshlar_daftari_uz