Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat yoshlar! O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zola | YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI BANDIXON TUMAN BO'LIMI

Diqqat yoshlar!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berilishidan xabaringiz bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin:

1) Yoshlar ittifoqining sardorlari;
2) Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari;
3) Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.

Mazkur imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasidan 12-aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar topshirish uchun: Navro‘z Omonov (+998940070563) ga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil:
yoshlarittifoqi.uz/uz/projects/vm-914-batafsil

Bizning sahifalarimiz;

https://t.me/Bandixonyoshlar