Get Mystery Box with random crypto!

Fidoiy ustozning mehnati yana bir bor eʼtirof etildi Yanvar | Yoshlar24.uz | rasmiy kanal

Fidoiy ustozning mehnati yana bir bor eʼtirof etildi

Yanvar oyining boshida Fargʻona shahrida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9, 10 va 11-sinf oʻquvchilari uchun fan olimpiadasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Eʼtiborlisi, ana shu bilimlar sinovida 13 nafar tumanimiz oʻquvchilari viloyat bosqichida gʻolib chiqib, respublika yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

Mazkur bilimdonlardan 9 nafari jonkuyar ustoz – Oʻzbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatining informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchisi Odinaxon Yoʻldoshevaning shogirdlari hisoblanadi.

Bundan bir necha-kun avval, aniqrogʻi 14-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiriga zukko bilimdonlar va ularning ustozlari taklif etildi.

Telegram | Facebook sahifa |