Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni yoshlar | Yosh fermerlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur videoselektorda yoshlarni agrar sohada bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.

Yoshlar uchun fermerlarning har 10 gektar ekin yeridan 1 gektarini yoshlarga dehqonchilik uchun ajratish tartibi joriy etiladi.

Bunda «Har bir fermer 2 gektardan yerini yarim gektardan, 4 nafardan yoshlarga bo‘lib beradi va ular istagan ekinini ekishi mumkin bo'ladi. Shu orqali kamida 10 mingdan ortiq yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash topshiriqlari berildi.

Agarda bu tartib yo'lga qo'yilsa, qishloq joylardagi yoshlarimiz ishli bo'lib, Rossiya yoki boshqa xorijiy mamlakatlarga chiqib ketishi kamayar edi. O'zimizda yoshlar uchun shu turdagi imkoniyatlar ko'lamini kengaytirib, ularni qo'llab-quvvatlashni davom etsak, Uchinchi Rennesans davri barchamiz uchun eng buyuklaridan bo'lishi mumkin.