Get Mystery Box with random crypto!

Agar o'tirib emizayotgan bo'lsangiz: 1. To'g'ri va qulay o'ti | Yosh onalarga maslahatlar

Agar o'tirib emizayotgan bo'lsangiz:

1. To'g'ri va qulay o'tirib oling:
Ona qanchalik o'zini qulay sezsa, sut shunchalik yaxshi keladi. Belingizga va tizalaringizga maxsus yoki oddiy yog'istiqlarni qo'ying, oyog'ingiz osilib turmasligi uchun kichik stul yoki ko'rpachaga qo'yib o'tiring. Bo'shashing.

2. Bolani ko'krak ostiga to'g'ri joylashtiring:

Eng birinchi shart bolaning badani sizning badaningiz bilan to'qnashib tursin, bu sut kelib chiqishini jadallashtiradi.
Bolaning butun tanasini o'zingizga qarating (faqat boshini emas). Bola ko'krakka og'zi bilan yetishi uchun kuchanishi kerak emas, oson yetadigan bo'lishi kerak.
Tizzangizdagi yog'istiq bola og'irligini o'ziga olsin, sizning qo'lingiz tolib ketishi kerak emas.
Bolaga engashgandan ko'ra, bolani o'zingizga qulay tarzda ko'taring va yog'istiqlarga suyaning.
Bolani quchoqlab emizing.
Agar yotib emizayotgan bo'lsangiz:
Bu pozitsiya yuqoridagiga o'xshash bo'lib, bola bilan ona bir biriga badanlari bilan qaragan bo'ladilar. Boshingiz tagiga va belingiz orqasiga yog'istiq qo'yib suyaning.
Tug'ruqxonada maxsus pediatrlardan emizish pozitsiyalarini ko'rsatib berishligini so'rang.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor