Get Mystery Box with random crypto!

Ona suti bola uchun eng mukamal ozuqadir. Ona sutining shifob | Yosh onalarga maslahatlar

Ona suti bola uchun eng mukamal ozuqadir.
Ona sutining shifobaxsh hususiyatlari juda ko‘p o‘rganilgan va doim barchani hayratga solib kelgan.
Endigina dunyoga kelgan chaqaloqda emish refleksi mavjud bo‘ladi. Ona suti ham aynan shu chaqaloq uchun mos va ideal tarkibda bo‘lib, chaqaloq o‘sishi bilan ona suti tarkibi bola ehtiyojlariga qarab o‘zgarib boraveradi.
Afsuski bugungi kunda uzoq emizish unchalik urfda emas. Sababi sun’iy bolalar sutini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning kuchli reklamasi va yosh onalarda bu sohada ma’lumot va bilim yetarli emasligida bo‘lsa ajab emas. Yangi onalar tomonidan “Sutim kam”, “Sutim suyuq”, “Sutim to‘yimsiz” kabi gaplarni ko‘p eshitamiz. Aslida ham shunday bo‘ladimi?

98% foiz ayollar farzandlarini muvaffaqiyatli va to‘liq emizishga qodirdirlar. Buning uchun emizish san’ati haqida biroz bilim va ko‘nikma yetarlidir.
Farzand dunyoga kelishining ilk haftalari emizishni yo‘lga qo‘yib olish uchun muhim hisoblanadi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar