Get Mystery Box with random crypto!

. Onalik muborak bo'lsin! Avlodlar zanjirini jismi bekam zurri | Yosh onalarga maslahatlar

. Onalik muborak bo'lsin! Avlodlar zanjirini jismi bekam zurriyot bilan ulashlik ulug'ligi, o’zidan yana bir o’zini yaratish qodirligini tuyush va bunday yuksalish muborak bo’lsin.

Olloh ikki jonni hamisha salomat qilsin!

Momolarimiz o'giti hech qachon esdan chiqmasin:

Har gal chaqaloqni qo'lingizga olib emiza boshlaganingizda yaratuvchiga shukur qilib, uning ulug'ligini tan oling.
"Bismillahir rohmanir rohim" bilan ko'krak tuting.
Keksalarimiz shundan bolaning yuzi farishtali qalbi nurli bo'ladi deyishadi.

Hadislarda ayollarga homilador bo'lish, bola tarbiyasidan tashqari erlari bilan yaxshi muomilada bo'lib, namoz ham o'qisalar jannatga kirishlari shubhasiz deyilgan.

Chillali chaqaloq xonasida ham tunlari chiroq yonib tursin.

Bolani emizishdan oldin poklanib olish kerak.

Emizikli ayol oldida ovoz ko'tarilmaydi, aks holda sut qochadi deyishadi.

Bolani emizib bo'lgach qolgan sutni sog'ib oling va uni duch kelgan yerga to'kmay, gulning ostiga ohista to'king.

Keksalar bolaning sochini gulning tagiga tirnoqlarini toza joyga ko'mish darkor deydilar.

Chaqaloqning kiyimlari alohida sovunda, alohida tog'orada yuviladi. Uning kiyimlari qorong'ida qolmasin, yo'qsa uchinadi deydi momolarimiz.

Bolaning idish-tovog'ini alohida tutib, ustiga toza sochiq yopib qo'yiladi.

Pichoq, qaychi, bolta kabi keskir narsalarni va issiq choy, choynak-piyola, ovqat solingan boshqa idishlarni boladan uzoqroq tuting.

Bolani emizayotganda, yo'rgaklayotganda sochlarni turmaklab, ro'mol o'raladi.

Kechasi emizayotganda uxlab qolmang.

Bola tug'ilgandan keyin 3 haftagacha davr kichik davri, 6 ti haftagacha davr katta chilla davri deyiladi. Bola 1 yoshga to'lguncha go'daklik davri deb yuritiladi. Yoshigacha kasalga chalinmagan bola sog'lom o'sadi deydi momolarimiz.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor