Get Mystery Box with random crypto!

Yangi tug'ilgan chaqaloqni shifokor ko'zdan kechirib uning tas | Yosh onalarga maslahatlar

Yangi tug'ilgan chaqaloqni shifokor ko'zdan kechirib uning tashqi ko'rinishiga qarab unga baho beradi. Baho 1dan 10balgacha bo'ladi. Mana shu balarga qarab bolaning umumiy salomatligiga baho berish mumkin.

APGAR bahosi qanday
hisoblanadi?
Yangi tug'ilgan chaqaloq sog'lom ekanligini qanday bilsa bo'ladi?

1952 yilda amerikalik shifokor Virdjiniya Apgar tug'ilgan chaqaloqlarga baho berish taklifi bilan chiqadi. Unga binoan bolaning ba'zi ko'rsatkichlariga qarab uning qanchalik sog'lom ekanligini aniqlasa bo'ladi.

Bu baholash usuli muallifga atalib APGAR shkalasi deb nomlanadi va u quyidagi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi:
A (appearance) - chaqaloqning teri rangi;
P (pusl) - pulsi;
G (grimace) - yuz ifodasi;
A (activity) - harakatlari, mushaklari tonusi;
R (respiration) - nafas olish qobiliyati.
APGAR shkalasi bo'yichia baho ushbu 5 ko'rsatkichlar yig'indisidan hisoblanadi
Ya'ni:
chaqaloqning teri rangi,
yurak urishi soni,
reflekslari,
yuz harakatlari,
mushak tonusi,
nafas olish qobiliyati
0 dan 2 balgacha baho berilib, barchasi qo'shiladi va umumiy bal hisoblanadi.

APGAR bahosi chaqaloqqa qachon beriladi?
Bola tug'ilishi bilan 1 daqiqa ichida va keyin 5-chi daqiqada chaqaloqqa shifokor baho beradi. Agar 5-chi daqiqadagi baho 7 baldan past chiqsa, u holda chaqaloq keyingi 20 daqiqa ichida har 5 daqiqada qayta-qayta baholanadi va jiddiyroq nazoratda bo'ladi.
Tajribali neonatolog chaqaloqqa baho berishi uchun unga 40 soniya ham yetarli bo'ladi.

APGAR shkalasi bo'yicha norma qancha hisoblanadi?

Sog'lom chaqaloq tug'ilgach uning ilk 1 daqiqasida unga berilgan APGAR bali odatda 7-8 ni tashkil etadi. Bunda keyingi 5-chi daqiqadagi ko'rsatkichlar yig'indisi 8-10 ballga ko'tariladi. Agar chaqaloqqa 7-10 bal oralig'ida baho berilsa, u normal sog'lom bola hisoblanadi va unga maxsus nazorat talab etilmaydi.
APGAR ko'rsatkichi past bo'lgan bolalarda dinamika kuzatiladi. Ya'ni tug'ilgan zahoti ko'rsatkichi past bo'lgani bilan, bir necha daqiqalarda ko'rsatkich oshib borishi mumkin, natijada bola rivojlanishiga ijobiy prognoz beriladi.

APGAR shkalasi bo'yicha o'ta past ko'rsatkichlarga ega bo'lgan chaqaloqlarga keyinchalik maxsus tekshiruvlar va qo'shimcha diagnostika talab qilinishi mumkin.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri
@Dildagii_Satrlar
@Ogilmi_Qizmi
@love_ifor