Get Mystery Box with random crypto!

Bolaga koʻkrakni toʻgʻri tutishni oʻrganing. Bolaga koʻkra | Yosh onalarga maslahatlar

Bolaga koʻkrakni toʻgʻri tutishni oʻrganing.
Bolaga koʻkrakni notogʻri tutish bir qancha muammolarga sabab boʻladi. Bular:

Bolani qorni dam boʻlishi. Notoʻgʻri tutilgan koʻkrakni emayotgan bola ichiga sut bilan birga havo ham kiradi. Natijada ichaklarda gaz yigʻilishi vujudga keladi

Onada sutning kamayib ketishi.
Notoʻgʻri koʻkrak tutilgan bola oziqlanyotganda sut bilan havo kirishi natijasida bola oʻziga kerakli boʻlgan sutni olmaydi. Uning oshqozoni kam miqdordagi sut va havo bilan toʻladi. Ona koʻkragida esa sut qolib ketadi. Keyingi safar ona organizmi kamroq sut ishlab chiqara boshlaydi ( talab va taklif qoidasini eslang).

Ona koʻkrak uchlarining yorilishi. Koʻkrak uchlarining yorilishining eng birinchi sababi notoʻgʻri koʻkrak tutish hisoblanadi. Koʻkraklaringiz yorilishni boshlayaptimi demak toʻgʻri koʻkdak tutish qoidasini oʻrganishingiz kerak boʻladi.

Bolaning yetarli vazn yigʻmasligi.
Yuqorida yozilganidek notoʻgʻri tutilgan koʻkrakdan emgan bola yetarli miqdorda sut bilan
oziqlanmaydi va unda vazn yetishmasligi kuzatiladi.

Demak koʻkrakni toʻgʻri tutishni oʻrganish bir qancha muammolardan halos qilar ekan.

Koʻkrakni toʻgʻri tutishni oʻrganamiz.
Eng birinchi oʻzingiz va bolajoningizga qulay holatni topib joylashib oling. Birinchi uch oylikda emizish 20-40minutgacha vaqtingizni oladi. Shuninh uchun qulay joylashib olishingiz kerak boʻladi
Kichkintoyingiz gavdasi toʻligʻicha sizga oʻgirilgan boʻlishi kerak
Koʻkrak olayotganda bolangizni ogʻzi katta ochilganiga ahamiyat bering
Koʻkrak uchini chaqalogʻingiz tepa labiga olib borsangiz u oʻgʻzini katta ochadi
Koʻkral uchlari bola milklariga yaqun turishi emas, orqa tanglayda turishi kerak. Shunda koʻkrak uchlariga ziyon yetmaydi.
Bolangiz faqat koʻkrak uchlarini emas balki uning areolasini ham olishi kerak
Bolangizni pastki labi tashqariga qayrilib turishi lozim
Burni va iyagi koʻkragingizga tegib turishi kerak. Faqat koʻkragingiz nafas olishga, va iyaklarining qimirlay olishiga halqit bermasligi kerak. Bola emayotgan vaqtda iyaklari aktiv harakatda boʻlishini yodda tuting
Toʻgʻri tutilgan koʻkrakdan emayotgan bolada hech qanday choʻpillagan, chiqqilagan ovozlar chiqmaydi. Faqat yutinyotgani eshtiladi halos
Va nihoyat ohirgisi koʻkragingizni toʻgʻri tutsangiz koʻkragingizda hech qanday ogʻriqlarni sezmasligingiz kerak. Agar noqulaylik va ogʻriq sezangiz unda emizish holatini oʻzgartiring va yuqoridagi qoidalar boʻyicha bolaga koʻkrak tuting

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Ayollar_uchun_retseptlar
@Muslima_ona_kundaligi
@Uddaburon_bekalar
@Foydali_tibbiyot_uz
@Homiladorlik_davri