Get Mystery Box with random crypto!

Agar koʻkrak uchlari yorilayotgan boʻlsa emizib boʻlgach, yori | Yosh onalarga maslahatlar

Agar koʻkrak uchlari yorilayotgan boʻlsa emizib boʻlgach, yorilishni boshlagan joyni, areolalarni oʼz sutingiz bilan arting va qurishini kuting. Bir tomchi ona suti minglab tirik hujayralarni oʻzida mujassam qilgan tabiiy atiseptikdir.
.
Koʻkragingizni tez tez yuvmang. Suv va sovun koʻkrakni quritib yuboradi. Hidli kosmetik yoʻgʻlardan foydalanmag. Oʻtkir hidlar bolani choʻchitadi. Emishdan bosh tortishi mumkin.
.
Yoriqlarga zaytun yoʻgʻidan surishingiz mumkin. AEvit kapsulali yoʻgʻi ham yaxshi samara beradi. Agar topa olsangiz tarkibida lanolin boʻlgan kremlardan suring. Bu kremlarni bolaga hech qanday zarari yoʻq. Agar yoriqlar kattayaversa mutaxassis bilan maslahatlashib davo choralarini koʻrish kerak. Lekin shunda ham koʻkrakni bolaga tutishdan bosh tortmang. Emizayotganda ogʻriq sizni bezovta qilsa boshqa holatni topib emizishda dvom eting. Mutaxassis davolanish vaqtida emizishni taqiqlasa koʻkragingizni sogʻib turing. Sut toʻlib, qotib qolishiga yoʻl qoʻymang. Tez tez sogʻib tursangiz yorilishlar bitganidan soʻng bemalol shu koʻkragingizda emizishni davom etish mumkin.

Koʻp ayollar bu vaqtda ogʻriqdan qochib yorilgan koʻkrakni bolaga tutmaydilar. Emizilmayotgan tarfdagi koʻkrakni sogʻib turmaydilar, natijasida shu koʻkrakda sut kelishi kamayib ketadi. Koʻkrak tuzalguncha shu koʻkrakka umuman sut kelmay qoʻyadi. Natijada bolani butun emizish davri mobaynida faqat bir koʻkrak bilan emizishadi. Bu holat koʻkraklarning ikki hil koʻrinishiga olib keladi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi