Get Mystery Box with random crypto!

​​Bolam nega gapirmayapti? Juda ko'pchilik onalar bolasining | Yosh onalarga maslahatlar

​​Bolam nega gapirmayapti?

Juda ko'pchilik onalar bolasining kech gapirishidan tashvishga tushadi. Lekin bunga, asosan, o'zlari aybdor ekanligini tushunishmaydi. Chunki bola qachonki onasi bilan muloqot qilgandagina gapirishi mumkin. 1 oyda onaning gapirish ohangini farqlovchi go'dak unga nisbatan aytilgan mehrli so'zlarga befarq bo'lmaydi. 6-7 oydan esa u nutqni tushuna boshlaydi, Dada qani? Onang qani? savollariga binoan u ko'zi bilan ota-onasini qidiradi va ularga qarab jilmayadi. Keyinchalik bu nigoh harakatlar bilan mustahkamlanadi, masalan, o'yinchoqni qo'liga olish, olib kelib berish. Bu natijalar takror mashqlardan so'ng amalga oshadi, u endi xayr, chapak chalish, hayvonlar qiliqlari kabi harakatlarini qoyilmaqom qilib bajaradi. Lekin buni bajarish oila a'zolarining bola bilan faol muloqot qilishiga bog'liqdir

Sizning yuz ifodangizni kuzatib turuvchi,undan ta'sirlanuvchi kichik kuzatuvchi bor ekan,doimo mehrli tabassum bilan yurishlaringiz shart ekanligini unutmang
@Yosh_onalarga_maslahatlar