Get Mystery Box with random crypto!

Bazida yangi tugʻulgan chaqaloqlar juda koʻp emadilar. Onasi 3 | Yosh onalarga maslahatlar

Bazida yangi tugʻulgan chaqaloqlar juda koʻp emadilar. Onasi 30-40,minut emizgandan keyin sal oʻtmay yana koʻkrak soʻrab yegʻlashadi. Bu onalarda "bolam toʻymayapti" degan havotirga sabab boʻladi

Aslida ham shundaymikan
Keling bugun chaqaloqlarni nima uchun koʻp emishi haqida gaplashamiz


___
Bu dunyoga kelgan chaqaloqning oʻzini eng yaxshi his qiladigan joyi albatta bu onajonisining quchogʻi va koʻkragi hisoblanadi. 9 oy qorningizda tunu kun sizning yuragingiz ostida, yuragingiz urishini, sizning ovozingizni eshtib, sizning nafasingizni his qilib yotgan. Bola oʼsgani sari barchadon ham unga tobora torlik qilib, goʼyoki bolani quchoqlab turgandek tuyuladi. Bola tugʻulgach bu dunyo unga butunlay notanish boʻladi. U yana oʻsha qadirdon tovush va issiqlikni istashi tabiiy. Shuning uchun chaqalogʻingizni qoʻlga olib bagʻringizga bosganingizda ovunadi. Chunki yana oʻsha qadirdon yurak urishi va nafasni his qiladi. U yana siz bilan birga. Unga sizdan boʻlak hech kim, sizning sutingizdan boshqa hech narsa kerakmas. Faqat siz va sizning mehr toʻla quchogʻingiz. Bagʻringizga bosganingizda u ogʻzini ochib koʻkragingizni qidiradi uni emish uchun tamshana boshlaydi. Chuniki ona suti hidi bachadon ichi suvi hidiga juda yaqin boʻladi. Bolada soʻrish refleksi juda kuchli boʻladi. Shuning uchun bolani hohlaganida va hohlaganicha emizish kerak. Shunda bolani qorni toʻq va hotirjam boʻladi.
Ona koʻkragini emish bola uchun faqat qoʻrin toʻydirish vositasi emas. U bola uchun koʻp narsani anglatadi, eng avvalo ona bilan oʼrtalaridagi munosabat. Bundan tashqari onasi bagʻrida u oʻzini behavotir sezadi.
Shuning uchun farzndingiz yegʻlagan vaqtda "toʻymayapti" degan hayolga bormang yoki "qorni toʻq, yaqinda emizganman " deya unga soʻrgʻich tutmang.
Unga soʻrgʻich emas siz keraksiz.

Farzandingiz sizni doyim yonida enanligingizni, mehr va muhabatingizni his qilib ulgʻaysin

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi