Get Mystery Box with random crypto!

So‘rg‘ich tanlashda nimaga e’tibor berish zarur? Chaqaloqni | Yosh onalarga maslahatlar

So‘rg‘ich tanlashda nimaga e’tibor berish zarur?


Chaqaloqning vazni;

Og‘iz bo‘shlig‘i kattaligi;

Ko‘krak suti yoki aralashmani ichishi;

Chaqaloq yoshi;

So‘rg‘ich qaysi maqsadda berilishi.

Har bir bola va alohida vaziyat uchun o‘ziga yarasha so‘rg‘ich talab etiladi.
So‘rg‘ichdan foydalanish davomida quyidagilarni bilish muhim:

Bir so‘rg‘ichdan faqat bir bola foydalanishi kerak;

So‘rg‘ich teshilgan, shakli buzilgan, rangi o‘zgargan yoki deformasiyalangan bo‘lsa, undan foydalanish mumkin emas;

So‘rg‘ichni kamida 6-8 haftada almashtirib turish lozim;

So‘rg‘ichni muntazam ravishda tozalab yuvib, sterilizasiya qilish talab etiladi;

So‘rg‘ichni issiqlik yoki quyosh nurlari yonida qoldirish mumkin emas;

Sorg‘ichni bolaning bo‘yniga ipga ilish o‘ta xavfli, bo‘g‘ilib qolish ehtimoli katta. Uning o‘rniga kiyimga qadaladigan maxsus so‘rg‘ich ilmoqlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Yana bir muhim tavsiya, imkon qadar so‘rg‘ichdan kamroq foydalanish ma’qul, chunki uning ijobiy ta’siridan ko‘ra salbiy ta’sirlari ko‘proq.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi