Get Mystery Box with random crypto!

Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari... Mustaqil bo‘lishg | Yosh onalarga maslahatlar

Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari...

Mustaqil bo‘lishga o‘rgatish

Ba’zi ota-onalar bola tug‘ilgandan boshlab boshqa ishlarini butunlay unutib kecha-yu kunduz atrofida parvona bo‘lishadi. Ular bolaning o‘zi bemalol o‘ynab o‘tirgan bo‘lsa ham hamma o‘yinlariga qo‘shilib ketaverishadi. Ota-onaning bunday muomalasi bolada e’tibortalablikning shakllanishiga olib keladi va bola ota-ona ishtirokisiz nima qilishni bilmay qoladi. Bu ahvol yuz bermasligi uchun bolaga mustaqilligini namoyon qilishga imkoniyat berish zarur va bir o‘zi biror narsa bilan band bo‘lsa, chalg‘itmaslik lozim.

Do‘konda bolaga “yo‘q” deyish

Ko‘pchilik ota-onalar bolaning do‘kondagi ichimlik yoki muzqaymoq va shunga o‘xshash shirinliklarni olib berishni so‘rab yolvoruvchi qarashlariga chiday olmaydi. Shuni esdan chiqarmangki, tantiqlik bolaga yo‘q deya olmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Bolaga shirinlikning zarari to‘g‘risida aytib o‘tirmasdan, yoningizdagi pul faqat oziq-ovqat mahsulotlariga yetishini va u xohlagan narsalarga yetmasligini tushuntiring.

Bolani odopli bo'lishga o‘rgatish

Bola ota-onasidan yoki uydagilardan biror narsani olishda hech qachon buyruq ohangida murojaat qilmasligi lozim. Bolaning “sehrli so‘z” — rahmat va iltimos nima ekanligini tushunishi juda muhim.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi