Get Mystery Box with random crypto!

Bola qo'pol gaplashmoqdami, o'zingiz qilayotgan muomalangizga | Yosh onalarga maslahatlar

Bola qo'pol gaplashmoqdami, o'zingiz qilayotgan muomalangizga nazar soling;

bola ukasiga jahl qilsa, uni o'zini urushishni yo'qqa chiqaring,

bola sizga jerkiyaptimi, turmush o'rtog'ingizga jerkiyotganingizda ehtiyot bo'ling.

Qizingiz muloyim bo'lishini istasangiz, u bilan, atrofdagilar bilan muloyim gaplashing;

O'g'lingiz mehribon bo'lishini xohlasangiz, unga o'yinchoq emas, mehr va e'tibor ko'proq bering.

bola ovqatlanish odobini bilishini niyat qilsangiz, unga "To'g'ri ye, chappillatma, g'imirlama,"-deb hadeb befoyda o'qtiravermasdan, uning ko'ziga ko'rinarli qilib o'zingiz odobli ovqatlaning.

Bola xursand bo'lib yurishini istasangiz, o'zingiz kulib yuring,

bola o'ziga ishongan bo'lib voyaga yetishini maqsad qilsangiz, unga ishonch to'la ko'zlarbilan qarang. "Bunday o'qishing bilan sendan farroshdan boshqa hech kim chiqmaydi,"-desangiz aynan shunday bo'ladi.

Agar bolaga shokolad yeyishni man qilsangiz o'zingiz ham uni oldida shokolad yeb o'tirmang:
Bolaga man qilingan narsa uning oldida ota-ona tomonidan ham qilinmasligi kerak. "Biz kattamiz" degan gapni bola hali anglamaydi, shuning uchun uni shunchaki aldashayotganini his qiladi xolos.

Bolaga ota-onaning unga bo'lgan munosabati hayotida eng asosiy ahamiyat kasb etadi.
Xuddi shunday salbiy yurish-turush ham bolaga ota-onadan o'tadi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi