Get Mystery Box with random crypto!

Jajji kichkintoyingiz kundan kun ulgʻayib sizni koʻzingizni q | Yosh onalarga maslahatlar

Jajji kichkintoyingiz kundan kun ulgʻayib sizni koʻzingizni quvnatadi. Albatta uning sogʻlom boʻlib oʻsishi uchun vitaminlar kerak boʻladi. Endi uning ratsionida vitaminlarga boy boʻlgan mahsulotlar koʻp boʻlishi kerak

Bola ulgʻaygani sari unga ona suti kamlik qiladi. Qolaversa endi ona suti oʻsatotgan organizmini vitaminlar bilan toʻlaligicha taminlay olamaydi. Bolaning 6-8oyligidan boshlab qoʻshimcha ovqatlar bera boshlash kerak.
Qoʻshimcha ovqat sifatida turli yormali kashalar, sabzavot va meva pyurelari, parranda va hayvon goʻshtlari, tvorog, tuxum sarigʻini berish kerak bo’ladi. Bola taomnomasiga yangi mahsulotni oz miqdordan boshlab, kundan kun koʻpaytirib borish usuli bilan qoʻshish kerak. Eng yaxshisi yangi mahsulotni bola yeyishga oʻrganib boʻlgan boshqa bir taomga aralashtirib bergan maʼqul
Misol uchun:
tvorogni kashaga aralashtirib,
tuhum sarigʻini pyure yoki koʻkrak sutiga aralshtirib,
yangi sabzavot va mevani tez tayyorlanadigan kashalar bilan aralashtirib bolaga yedirishingiz mumkin.
Bu sizga gʻalati boʻlib tuyilishi mumkin lekin shunday qilsangiz bola yangi mahsulotga tez oʻrganadi.
Bola yangi taʼmlarga turlicha munosabat bildiradi. Axir u endi kichkina odamcha. Nima yoqishi nima yoqmasligini tushuntira oladi. Bir xil taʼmlar unga yoqsa baʼzilari yoqmasligi mumkin .
.
Agar bola qandaydir yangi, lekin foydali taomni yeyishdan bosh tortsa uni yeyishga majburlamag! Bu bolada oʻsha taomga nisbatan yomon fikr tugʻulishiga sabab boʻladi. Yaxshisi ovqatlanishni toʻxtatish, hamda navbatdagi ovqatlanish vaqtiga qadar bolada "ovqatlanish pauzasi" yoʻlini tutish kerak. Tushuntiraman
bolaga keyingi ovqatlanish vaqtiga qadar hech narsa bermaslik kerak. Bolaning ovqatlanishdan bosh tortish kabi bunday injiqliklariga "ochlik eng yaxshi davo boʻladi". Bir martalik ovqatlanish vaqtini oʻtkazib yuborgan bola keyingi ovqatlanishda qarshiliksiz huddi oʻsha boya yemagan foydali taomini zoʻr ishtaha bilan yeb oladi.
Bu bir qarashda bolaga nisbatan qattiq qoʻllik boʻlib tuyulishi mumkin. Lekin bolani foydali taomni yeyishga oʻrgatishning samarali usuli hisoblanadi. Ishoning, tajribadan oʻtgan

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi