Get Mystery Box with random crypto!

O‘sayotgan organizm rostdan ham ko‘p yeyishi kerakmi Bolani | Yosh onalarga maslahatlar

O‘sayotgan organizm rostdan ham ko‘p yeyishi kerakmi

Bolani zo‘rlab ovqatlanishga majbur qilmaslik kerak. Ortiqcha ovqat hazm bo‘lmaydi va organizmni «ifloslantiradi». Agar bola ko‘p va bajonidil harakat qilsa, sport bilan shug‘ullanib, kam yesa, xursand bo‘ling, demak uning metabolizmi yaxshi ishlaydi.

Bola ratsionidan yog‘li ovqatni chiqarib tashlash kerakmi

Amerikalik tadqiqotchilar yog‘siz parhez ko‘rish qobiliyatini susaytirishini va miya rivojlanishini sekinlashtirishini aniqladi. Bola ratsionida yog‘li taomlar bo‘lishi kerak, lekin hamma narsa me’yori bilan!



Ovqatlanishdagi buzilish organizmdagi foydali bakteriyalar yo‘qolishiga olib keladimi

Ha, bolaning balanslashtirilgan ovqatida oqsil, yog‘ va uglevodlar bo‘lishi lozim. Ular sanoat qo‘shimchalari qo‘shilmagan tabiiy mahsulotlarda (bo‘tqa, kefir, meva, tuxum, go‘sht va h.k.) bor. Ovqatlanish buzilishi oshqozon ichak trakti (OIT)da foydali bakteriyalar balansi buzilishiga olib kelib, ich ketishi (diareya)ga, allergik reaksiyalarga, ich dam bo‘lishiga va qorin shishishiga sabab bo‘ladi.

Organizmdagi foydali bakteriyalarni tiklash uchun probiotiklar kerakmi

Ha, kerak. Probiotiklar oshqozon-ichak traktida viruslar va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar rivojlanishiga yo‘l bermaydigan kislotali muhitni saqlashga yordam beradi, shuningdek allergenlarga qarshi immunitetni kuchaytiradi. Agar bolada infeksion ich ketishi kuzatilsa, dori bilan birga probiotiklar bering. Ammo, agar dorilarni birinchi kasallik alomatlar kuzatilgandayoq bersangiz, probiotiklar samaraliroq ta’sir qiladi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi