Get Mystery Box with random crypto!

Lan'at bo'lsin, hammangga lan'at, Sulloh shoirlar, Hayotsotarl | Yosh Jadid

Lan'at bo'lsin, hammangga lan'at,
Sulloh shoirlar,
Hayotsotarlar,
Vatansotarlar,
Aqlsotarlar,
Vijdonsotarlar.
Baring ifloslikning kulini
O'zingga syrib yurgan
Sulloh qo'g'irchoq.
Bir so'zing o'zingnikimas.
Bir narsang o'zingniki.
Senlar hayot sotasan.
Yashamaysanlar.
O'z hayotingni pullaysan
Obro'ga,
Shuhratga,
Mansabga,
Sevgiga,
She'rlarga,
Niqoblarga,
Kitoblarga,
Shirin so'zlarga,
Yaxshi ko'rinishlar,
Ko'rsatishlarga.
Birortangda bitta ham rost yo'q.
Lek senlarga mendan omon yo'q.
Mening qichqirig'im
Yirtqichga aylanib yutadi hammangni.

Tillaniso

@Yosh_jadid