Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonda elektromontyorlarning daromadi qancha? Elektrom | 💡 YOSH ENERGETIKLAR 💡

Oʻzbekistonda elektromontyorlarning daromadi qancha?

Elektromontyor bu elektr toki bilan ishlovchi xavfli kasblardan biridir va birgina xato mutaxassis hayotiga nuqta qoʻyishi mumkin.

Bu kasb egalari qanchalik katta elektr kuchlanishi bilan ishlay olsa daromadi shunchalik katta boʻladi.

Tashkilotlarda oylik maoshlari oʻrtacha 2 mln soʻm atrofida hisoblanadi. Oylik maoshdan tashqari qoʻshimcha har bir qoʻngʻiroq uchun tajriba va ish hajmidan kelib chiqib quyidagicha haq olinadi:

— “Elektroshit”ni yigʻish 600 ming soʻmdan 2 mln soʻmgacha;
— Elektr sim liniyalarini oʻrnatish bir metr sim uchun 10 ming soʻmdan 25 ming soʻmgacha;
— Elektr jihozlarini liniyaga ulash 100 ming soʻmdan boshlanadi.
— Elektr liniyasidagi nosozlikni toʻgʻrilash 100 ming soʻmdan boshlanadi.
— Chiroq (15 ming soʻm), “Rozetka” (20 ming soʻm).

Mutaxassisni birgina chaqirishning eng arzon narxi odatda 50 ming soʻmdan boshlanadi.

https://t.me/Yosh_energetiklar