Get Mystery Box with random crypto!

Shokir Yo'ldosh feysbukdagi o'z saxifasida agar u ta'lim vazi | Yosh chol

Shokir Yo'ldosh feysbukdagi o'z saxifasida agar u ta'lim vaziri bo'lib qolsa nimalar qilishini yozibdi unga ko'ra :

1. Kirish imtihonlaridagi barcha imtiyozlarni bekor qilaman . Imtiyozlar nega berilganini tushunmayman to‘g‘risi .

2. Kvota degan narsa yo'q bo'ladi , har qanday universitetga kirishning minimal balli e'lon qilinadi . Mana shu ballni to'plab kela olgan abituriyent o'qiydi .

3. Kirish imtihonlarida fanning bazaviy bilimlarini bilishi tekshiriladi , xolos , qolgan barcha savollar mantiq va muammoni yecha olishiga qaratiladi .

4. Har bir universitetning o'z diplomi bo'ladi .

5. Fanlarni oldinroq va keyinroq oʻzlashtirishga sharoit yaratiladi

6. Seminar shaklidagi darslarni haqiqiy , kitobida qanday bo'lsa shunday seminarga aylantiraman .

7. Yakuniy nazoratlarda umuman yopiq test turlaridan foydalanishni ta'qiqlayman . Hamma fan yakuniy uchun bir haftalik kichik loyiha beradi . Loyihani himoya qila olgan talaba yakuniydan baho oladi .

8. Kredit - modul tizimini kitobida qanday bo'lsa shunday shaklda tashkil qilaman .

9. Vazirlik xodimlari sonini keskin kamaytirardim . Mustaqil universitetlar koʻpaysa koʻp xodimning keragi yo'q .

10. Universitetlarga kollej , litsey , texnikum , maktab va bog'cha ochishga ruxsat berardim .

11. Universitetlarga qo'yilgan ish bilan ta'minlash hisoboti masalasini olib tashlardim .

@yosh_chol