Get Mystery Box with random crypto!

(kundalik): Kanalni ochishdan maqsadim nima edi? Men hozir qan | Great geniuses

(kundalik):
Kanalni ochishdan maqsadim nima edi?
Men hozir qanday postlar oʻqiyabman, qanday musiqa tinglayabman, kimlarni kuzatib boraman qanday kitob yoqadi asosiysi hayotga boʻlgan fikrim qanday shularni esda saqlash va hozirgi men bilan 5yil keyingi menimi oʻrtasidagi tafovutni bilish uchun.

Men 3 yil oldin umuman boshqacha fikrdagi odam boʻlganman
Oʻsha paytdagi fikrlarim bilan hozirgi fikrmni solishtirgim keladi lekin koʻpi esimdan chiqan(aniqrogʻi esimga kelsa qandaydur gʻalati boʻlaman gohida kulgim gohida yigʻlagim keladi )
Masalan:Diplom olib bir joyda bir xilda ishlash
Hozir esa diplom bilan hechnima hal boʻlmasligini inson doimo oldinga intilish kerakligini tushundim.Axir suv ham bir joyda tursa koʻlmakka aylanadiku
Oldin umuman badiiy kitob oʻqimaganman toʻgʻri hozir ham koʻp oʻqimayman ishdan, vazifalarimdan boʻshab qolgan paytimda mutolaa qilib turaman