Get Mystery Box with random crypto!

Hammani bayram bilan tabriklayman! Mustaqillik bayrami desa h | Gulmira_USA

Hammani bayram bilan tabriklayman! Mustaqillik bayrami desa hayolimga bolaligim va televizorda qo’yilayotgan Shahzod guruhining “Bugun Bayram ” qo’shig’i esimga tushadi. Yana 1 sentyabr “Ertaga maktaaab boshlanadiii, yangi kiyimlarimni kiyamaan, sumka daftarlarimni ishlataman va eng asosiysi o’qituvchi va sinfdoshlarim bn ko’rishamaaan” degan hayajonliiiii paytlarimni eslatadiii. Ishonasizmi hozir ham eslab huddi ertaga maktabga boradigondek hayajonlaniiib etim jimirlab ketdiiii Bolaligimni sog’indiiim…

Faqat bu emas ekan Salyutlar (mushak) lar ham esimga tushdi. Aynan 1 sentyabr bo’lmasa ham amfiteatrdagi Mustaqillik bayramlardan keyingi salyutlar ovozini eshitishimiz bn 2 etajga balkonchamizga tomosha qilish uchun yugiiriiiib chiqib ketishimiz , undan bir oy oldin esa har kuni “Bayroq”ga borish (tushungan tushundi)

Kim nima demasin, eslab qoling, Vatandan yaxshi joy yo’q bu dunyoda.

Gulmira_USA
@yoruglikgaintilib