Get Mystery Box with random crypto!

Internetda shaxsiy ma'lumotlaringizni himoyalash bo'yicha 10 t | YORQIN TA'LIM

Internetda shaxsiy ma'lumotlaringizni himoyalash bo'yicha 10 ta maslahat

Internetdan foydalanish davomi ko'p holatlarda shaxsiy ma'lumotlarimiz, bank karta raqamlari va boshqa oshkor etilishi mumkin bo'lmagan ma'lumotlarni saytlarga kiritamiz. Shu sababli internet ma'lumotlar xavfsizligi borasida jiddiy xavfga aylandi.

Quyida siz Kaspersky Laboratoriyasi va Yorqin Ta'lim o'quv markazdan internetda shaxsiy ma'lumotlaringizni himoyalash bo'yicha 10 ta maslahat bilan tanishasiz.

Ijtimoiy tarmoqlarning maxfiylik sozlamalarini tekshirib boring.

Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash uchun umumiy bulutli xotiradan ( Cloud Storage) foydalanmang.

O'zingizni veb-josuslikdan himoya qiling: sizni internetda kuzatmasliklari uchun Kaspersky Security Cloud'dan foyalaning,

Asosiy elektron pochta va telefon raqamingizni hamma bilan baham ko'rmang.

"End-to-end" shifrlash asosida himoyalangan messenjerlardan foydalaning. Telegram'da "end-to-end" orqali himoylanish uchun "Maxfiy chatlar"dan foydalaning.

Kuchli parollardan foydalaning. Parollaringiz kamida 12 ta turli belgilardan iborat bo'lishi lozim.

Mobil ilovalar va brauzer kengaytmalari uchun ruxsatlarni nazorat qiling. ( Android va iOS uchun yo'riqnoma)

Telefon va kompyuteringizni parollar bilan himoya qiling.

Qulflangan ekranda bildirishnomalar (уведомления) chiqishini taqiqlang. ( Android va iOS uchun yo'riqnoma)

Umumiy Wi-Fi tarmoqlarida ehtiyot bo'ling


Yorqin Ta'lim o'quv markazi "Kompyuter asoslari" o'quv kursida siz kiberxavfsizlik bo'yicha yanada ko'proq bilimlarga ega bo'lasiz.

Savollar va ro'yxatdan o'tish uchun
+998 91 793 55 11 raqami bilan bog'laning yoki telegram orqali @Yorqin_talim_admin'ga yozing.

Manzil: Toshkent viloyati,Oqqo'rg'on tumani.
Mo'ljal:Dehqon bozori ro'parasi.