Get Mystery Box with random crypto!

Psixologiya🌙 YORQiN HAYOT🌙

Telegram kanalining logotibi yorqiinhayot — Psixologiya🌙 YORQiN HAYOT🌙 P
Telegram kanalining logotibi yorqiinhayot — Psixologiya🌙 YORQiN HAYOT🌙
Kanal manzili: @yorqiinhayot
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 100
Kanalning ta’rifi

O`ZINGNI SEV_♡
Psixologiya bu; So`glom Hayot !
Sog`lom Hayot Bu Yorqin Hayot Demakdir 🌙

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-01-25 19:19:11 ​​TABASSUM QILING

Atrofdagilarning ishonchini chaqiradi
Kulib turgan inson menga ishonish mumkin, degandek tuyuladi. Bunday insonlar saxiy bo‘ladi. Tadqiqotchi va iqtisodchi Yorna Sharlemannaning aytishicha, kulgi ishonchni 10 foizga oshiradi. Sherigining kulib turganini ko‘rganlar u bilan moliyaviy shartnomalarni tuzishni istab qolishar ekan.

Kamchiliklarimizni yashiradi
Tanish insoningizga sovg‘a olishni yoddan chiqardingizmi? Mijozingizning ismi esdan chiqdimi? Kimningdir oyog‘ini bosib qo‘ydingizmi? Bunday nojo‘ya harakatlarni sodir etganda, oddiygina tabassum qilib qo‘yamiz. Bunday tabassum yo‘l qo‘ygan xatoliklarimiz va kamchiliklarimizni kechirishga undaydi. Ularni berkitadi. 

O'ZINI YAXSHI HIS QILISHGA YORDAM BERADI
Ba’zida tabassum xushmuomalalik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ba’zida esa inson o‘zining kayfiyatini ko‘tarish uchungina tabassum qilib qo‘yadi. Boston kolleji mutaxassisi Meryen Lyafrans yuzida tabassumi yo‘q “tosh chehralar”dan turli yangiliklarni eshituvchi insonlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, yuzida tabassumi yo‘q insonlardan nimanidir eshitish atrofdagilarda noqulaylik paydo qilgan. Ular ishtirokchilarda quvona olmaydigan inson sifatida tasavvur qoldirdi. Ishtirokchilar hatto, bunday insonlarga achinishgan.     

XAFAGARCHILIKNI UNUTISH
Psixologiyada qayta aloqa degan tushuncha bor. Uning asosida hissiyotlarning inson yuziga ta’siri va aksincha, yuzning hissiyotlarga ta’sir ko‘rsatishi yotadi. Bu esa yuzga baxtiyorlikni bag‘ishlash uchun tabassum qilishning o‘zi yetadi, deganidir. Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar tabassum atrofdagilar tomonidan iliq kutib olinadi.

TABASSUM QILGAN INSON JOZIBALI KO'RINADI
Ayollik tabassumi qarama-qarshi jins vakillariga sehrli ta’sir ko‘rsatadi. Ayol erkak bilan ko‘z orqali munosabat o‘rnatganda, 20 foiz holatlarda erkak o‘sha ayol bilan muloqotga kirishadi. Agar bu holatda ayol yana kulib turgan bo‘lsa, ko‘rsatkich 60 foizga oshadi.
Aynan tabassum ayolni erkak oldida jozibador qilib ko‘rsatadi. Erkakning ko‘p tabassum qilishi esa aksincha, ters ta’sir qiladi. Erkak kishi qancha kam kulsa, u shuncha jasur va jiddiyroq ko‘rinadi. 
Ayollarni erkakning mag‘rurligi o‘ziga ko‘proq tortadi.

O'YLARIMIZNI BERKITADI
Tabassum orqali miyadagi mahzun xayollarimizni berkitmoqchi bo‘lamiz. Aksariyat psixologlarning aytishicha, samimiy tabassum hech qachon insonni aldamaydi. Uni qanday tanib olish mumkin? Soxta tabassumda og‘iz burchaklarigina harakatga keladi, haqiqiysida esa ko‘z ham muloqotga kirishadi.  

DUNYOGA KULIB BOQ
Dunyoga kulib boqsang, butun dunyo sen bilan birga kuladi, degan fikr bor. Bu fikrda butun dunyo tushunchasi faqatgina mubolag‘a. Ammo kulib turgan insonga 50 foiz holatda aynan shunday javob qaytishi aniq fakt
37 viewsAfruza, 16:19
Ochish/sharhlash
2021-01-25 19:19:11
Bizda bor narsani qadrlashimiz kerak.

•Ota-onamiz bilan janjallashganimiz sababli yig'laymiz, lekin kimdir umuman ota-onasi yo'q.

•Biz ishimizdan shikoyat qilamiz, kimdirning ishi yo'q.

•Biz o'zimizdan nafratlanamiz, chunki biz haddan tashqari ovqatlanmoqdamiz va kimdir normal ovqatlanishni orzu qiladi.

•Biz sevimli odamimizdan g'azablanamiz va kimdir uni yo'qotdi va qaytib kelmaydi.

•Bizga uyda tartibsizlik yoqmaydi, biz ulkan uyga ko'chib o'tishni orzu qilamiz, kimdir kichkina xonani orzu qiladi.
31 viewsAfruza, 16:19
Ochish/sharhlash
2021-01-25 19:19:11
#PSIXOLOGIK_USUL

Birovning qo'li ustidagi Qoʻlingizni qoʻysangiz odamning hamdardligini his qilayotganidan darak beradi. Ammo bu odam buni darhol amalga oshirgandagina to'g'ri keladi. Ammo, agar siz qo'l berib ko'rishni bir muncha vaqt ushlab tursangiz va shundan keyingina boshqa odam qo'lini tepaga qo'ysa, bu sizga bu yerda kim mas'ul ekanligini aytib berishni xohlashlarining alomati bo'lishi mumkin.
31 viewsAfruza, 16:19
Ochish/sharhlash
2021-01-25 19:19:10
#PSIXOLOGIK_FAKT

Agar siz qalamni tishlab olsangiz sizga ko'p narsa kulguli bo'lib tuyula boshlaydi. Negaki miyaga sizni "kulayotganingiz" haqida yolg'on xabar boradi
36 viewsAfruza, 16:19
Ochish/sharhlash
2021-01-25 19:12:39
Кундалик ҳаётингиздан позитив энергия олиб хурсанд бўлиш сирлари:

Ҳар куни кун давомида бўлиб ўтган ижобий нарсаларни, воқеаларни эслаб ёзиб қўйинг.

Совуқ хабарлардан (ТВда , интернетда уруш, зўравонлик, табиий офатлар, қисқаси кўнгил чўктирувчи) узоқроқ юринг!

Фақат яхши хабарлар ўқишга, тинглашга интилинг!

Ҳаётдан нолийдиган, гийбатчи, ношукур инсонлар билан камроқ иложи бўлса умуман гаплашманг!

Ҳаётингиздаги ҳар бир қийинчиликка кулиб, дарс, сабоқ деб қабул қилинг. Ҳар бир ишда ҳикмат бор.

Ҳаётга кулиб боқинг! Ўз-ўзидан йўлларингиз очилиб ишларингиз юришиб кетганини сезмай қоласиз!
30 viewsAfruza, 16:12
Ochish/sharhlash
2021-01-25 19:12:39 #Психолог_маслаҳати

Ҳаётда ўзгалар тажрибасидан ҳам фойдаланиш кўпинча асқотади

● Инсон ҳаёти унга берилган бебаҳо неъматдир. Уни қандай яшаш эса, Оллоҳни ёрдами билан фақат ўзимизга боғлиқ...

● Бошқалар сиз ҳақингда нима деб ўйлаши сизни ҳавотирга солмаслиги керак...

● Жуда кўп кечирган ва ҳаммадан ҳам кўра узоқ вақт чидаган одамлар охири келиб бир кун тасодифан ҳаётингиздан ғойиб бўлиб қолишлари мумкин..

● Дўстлар бўлмаслиги фалокат эмас, уларнинг соҳталиклари ва хойинликлари фалокатдир...

● Ўзингизни режаларингиз ҳақида камроқ гапиринг, шунда душманингиз ва сизга ҳасад қилувчилар камроқ бўлади...

● Энг яхшиларни қидирадиган инсон ҳеч қачон ўзида борини қадрламайди...

● Сизга яқин бўлишни хоҳлаётган инсонлардан осонгина воз кечманг. Фақат ўшаларгина сизнинг ҳаётингиздаги энг қийин дақиқларда ҳам ёнингизда бўлишлари мумкин...

● Одамларга ўзингиз хоҳлагандек муносабатда бўлинг. Шунда улар сизнинг муносабатингиз қандай бўлган бўлса, ҳудди шундай сизга муносабатда бўлишади..
29 viewsAfruza, 16:12
Ochish/sharhlash
2021-01-25 19:12:39
#Буюклар_бисотидан

Бу оламда вақтинг чегараланган. Шундай экан, уни кимнингдир ҳаётида яшаб бекорга совурма. Ички овозингнинг бошқаларнинг фикр-мулоҳазалари шовқинида қолиб кетишига йўл қўйма. Ва энг муҳими, қалбинг ва сезгиларингга эргашишни унутма.

Стив Жобс
30 viewsAfruza, 16:12
Ochish/sharhlash