Get Mystery Box with random crypto!

#tafakkur Ko’zni yumib ochish og’riqli bo’lishi ham mumkin edi | Psixologiya🌙 YORQiN HAYOT🌙

#tafakkur
Ko’zni yumib ochish og’riqli bo’lishi ham mumkin edi.
Luqmalarni yutish kuch talab qilishi mumkin edi.
Badanimizdagi suyaklar bu qadar moslashuvchan emas, tekkis- aylantirilganda sinib ketadigan bo’lishi mumkin edi.

Lekin Alloh Latiyf.
Ko’zlarimizni yumib ochayotganimizni bilmaymiz ham. Shunchalik yengilligidan qanday nafas olayotganimizni sezmaymiz ham, vaholanki buni ham mashaqqatli qilib qo’yishi mumkin edi, agar istasa. Suyaklarimiz qayrilmaydigan, faqat tekis bo’lganida, hayot qanchalik qiyin bo’lishini tasavvur qilib ko’rdim..

Lekin Alloh- Al Latiyf, cheksiz lutf egasi.
U davomiy shaklda bizga yaxshiliklarini jo’nataveradi, o’zimizga sezdirmasdan.. biz bexabar holda...

[Mutawakkilun]